Urganch – Xiva yoʻlovchi poyezdining ilk qatnovi amalga oshirildi

10:28 04 Dekabr 2018 Jamiyat
462 0

Toshkent – Xiva yoʻnalishi boʻyicha poytaxtimizdan yoʻlga chiqqan elektropoyezd Urganch – Xiva temir yoʻl yoʻnalishi boʻyicha “Xiva” temir yoʻl vokzaliga joʻnab ketdi.

Endilikda “Urganch” vokzalidan yoʻlovchilar manziliga yangi yoʻnalish boʻyicha qatnaydigan boʻldi. Eslatib oʻtamiz, Prezidentimiz tashabbusi bilan Urganchdan Xiva shahriga qariyb 30 kilometr masofadagi temir yoʻl tashkil etildi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ushbu loyihaning amalga oshirilishi, eng avvalo, yoʻlovchilarga transport xizmati koʻrsatish sifatini oshiradi. Ortiqcha vaqt va xarajat tejaladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?