Urganch hokimining o‘rinbosari 5 mln. so‘m pora olayotganda qo‘lga olindi

12:55 06 Iyul 2018 Jamiyat
1165 0
Illyustrativ foto

Joriy yilning 1 iyul kuni DXX Xorazm viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Urganch shahar bo‘limi xodimlari tomonidan Urganch tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Bekzod Abdurimov mahalliy fuqarodan 5 mln. so‘m pora olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston telekanalida maxsus ko‘rsatuv efirga uzatilgan.

Qayd qilinishicha, mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?