Unutilmas tuhfa

12:20 09 May 2018 Jamiyat
592 0

Xalqimizning insonparvarlik xislatlarini so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Doimo davralarning to‘rida, izzat-ikromdamiz. Jumladan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi sifatida davlatimiz rahbarining qimmatbaho sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlanayapmiz.

Bu yil 9 may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Prezidentimizning shaxsan o‘zi tabrik yo‘llagani, pul bilan birga, qimmatbaho soat yuborgani biz, faxriylar uchun unutilmas tuhfa bo‘ldi. Bugungi tinch-totuv kunlarda bizlarning ham hissamiz borligini yana bir bor angladik va hamisha e’tiborda ekanligimizdan cheksiz g‘ururlandik.

Pavel MATERIKOV,
Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.
Toshkent shahri

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?