“Unicorns” loyihasi sizning startap loyihalaringizga koʻmakdosh

17:22 03 Iyul 2020 Jamiyat
266 0

“Siz andijonlikmisiz? Sizda startap loyihalar boru, ammo uni amalga oshirish uchun koʻmak kerakmi? Shoshiling, “Unicorns” loyihasi – aynan Siz uchun!!!”

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi hamkorligida Andijon viloyatida start berilgan ushbu loyiha yosh startapchilarning yangi loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan. Loyiha uchun 2 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan.

Loyiha shartlari:

“Unicorns” loyihasida 35 yoshgacha boʻlgan Andijon viloyatida istiqomat qilayotgan yosh startapchilarning loyihalari qabul qilinadi. Jamoa aʼzolari esa turli hududlardan boʻlishi mumkin.

Loyiha 3 bosqichda olib boriladi. Dastlabki bosqichda 10-iyundan 10-iyulga qadar https://unicorns.uzveb-sayti orqali arizalar qabul qilinadi. II bosqichda esa 10-iyuldan 10-avgustgacha loyihalar saralanadi. Yakuniy bosqichda eng yaxshi deb topilgan loyiha mualliflari bilan aloqaga chiqiladi va saralangan startap loyihalar toʻliq qoʻllab-quvvatlanadi.

Bugunga qadar loyihada qatnashish istagidagi 100 nafardan ortiq yoshlardan arizalar qabul qilindi. Yuborilayotgan startaplarning aksariyati “Taʼlim va kadrlar tayyorlash texnologiyalari”, “Turizm, sayohat, va mehmondorchilik” hamda “Transport va logistika” kabi xizmat turlarini tashkil etmoqda. 10-iyulgacha yana koʻplab loyihalar ariza topshirishi kutilmoqda.

Arizalarni qabul qilish yakunlanishiga 7 kun qoldi

Shoshiling, taniqli tajribali startapchilar singari oʻz muvaffaqiyatlaringiz hikoyasini yaratish uchun sizda hali imkon bor. Arizalarni qabul qilish yakunlanishiga 7 kun qoldi. Qoʻrquv va va ikkilanishni boy bering, ammo bunday imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Loyihalaringizni amalga oshirishning ayni fursati. Hoziroq biz bilan aniq maqsad sari yuksalish qadamini tashlang.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?