UNICA tashkiloti vakillari bilan Oʻzbekistonda doktorantura tizimini rivojlantirish masalasi muhokama etildi

11:54 12 Iyul 2019 Jamiyat
197 0

Innovatsion rivojlanish vazirligida Yevropa poytaxtlari universitet tarmoqlari (UNICA) tashkilotining bosh kotibi Kris Dejonkere boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda delegatsiya aʼzolaridan Zagreb universiteti professori Melita Kovachevich hamda UNICA loyihasi rahbari Aureli Dyushato hamda vazirlik mutasaddilari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda oliy taʼlim boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish va oliy taʼlim sohasidagi milliy siyosatimizning holatini oʻrganishga qaratilgan “Oʻzbekistonda doktorlik taʼlimi sifatini oshirish — UzDOC 2.0” xalqaro loyihasining natijalari muhokama etildi. UZDOC 2.0 loyihasining asosiy maqsadlari — Oʻzbekiston OTMlaridagi doktorantura taʼlimi salohiyatini Yevropa oliy taʼlim kengligiga hamohang ravishda rivojlantirish, doktorantura taʼlimining sifatini milliy standartlarga muvofiq takomillashtirish, doktorantura taʼlimida islohotlarni amalga oshirish doirasida professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlarning malakasini oshirishdan iborat. Shuningdek, loyiha doktoranturada tayyorlanayotgan kadrlarni ishlab chiqarish (ish buruvchi) talabalariga mos ravishda koʻnikmalarga ega boʻlishida hamda ishlab chiqarish va OTM oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashadi.

— Ushbu dastur oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimga qabul mexanizmini takomillashtirish, shaffoflikni taʼminlash, ortiqcha qogʻoz sarflanishiga chek qoʻyish, kvotalar shakllantirish jarayonini elektron shaklga oʻtkazish imkonini berdi, — deydi Ibrohim Abdurahmonov.

Kris Dejonkere UZDOC 2.0 loyihasi joriy yilning oktyabr oyida yakuniga yetganidan soʻng, uning natijalari tahlil qilinib,doktorantura sohasidagi keyingi loyihalarda hamkorlik qilish taklifini berdi.

“Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?