Umurtqa disk churrasi kasalligi nima sababdan paydo boʻladi?

20:51 21 Noyabr 2020 Jamiyat
285 0

Tibbiyot fanlari doktori, professor Shohaydar Shotursunov umurtqa disk churrasining paydo boʻlish sabablari, uni aniqlash haqida maʼlumot berdi.

"Umurtqalararo disk churrasi kasalligi umurtqaning harakatchan boʻlgan boʻyin va bel qismlarida koʻproq uchraydi. Bemor oʻzida ushbu xastalik rivojlanayotganini mustaqil bila olmaydi. Shifokor koʻrigi vaqtida oʻtkaziladigan kompyuter va magnit rezonans tomografiya tekshiruvi xulosasi orqaligina bu borada aniq tashxis qoʻyilishi mumkin.

Churraning kimda, qachon va qanday paydo boʻlishi mumkinligini oldindan aytish qiyin. Negaki, bu kasallikning muayyan kasb egalari yoki maʼlum bir hududda yashaydiganlarga emas, balki barchaga birdek xavf solishi ehtimoli mavjud. Hatto bir yoshgacha boʻlgan goʻdaklarda ham churralarning tugʻma shakli kuzatiladi. Ammo ogʻir mehnat natijasida ham yuzaga kelishi mumkin.

Kasallikni keltirib chiqaruvchi omillar:
Qorin ichki bosimining oshishi;
ogʻir jismoniy mehnat;
tana vazniga nisbatan muntazam ogʻir yuk koʻtarish;
peshob ajralishining qiyinlashuvi;
qabziyat;
uzoq vaqt bezovta qilgan yoʻtal;
umurtqa ostreoxondrozi;
shikastlanish;
kamharakatlilik;
ortiqcha vazn;
naslda bu xastalikning borligi;
ayollarda tugʻruq vaqtidagi zoʻriqishlar churra hosil boʻlishiga taʼsir etuvchi omillar hisoblanadi.

Bundan tashqari, mazkur omillarning barchasi churra boʻlganda uning qisilishiga sabab boʻlishi ham mumkin", deydi mutaxassis.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?