Umumtaʼlim maktablarida yangi oʻquv yili 4-sentyabrdan boshlanadi

10:09 20 Avgust 2019 Jamiyat
79 0

Illyustrativ foto

Mamlakatimiz umumtaʼlim maktablarida yangi oʻquv yili 2019-yilning 4-sentyabrdan boshlanadi. Bu haqda XTV matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-noyabrdagi “2019-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31-avgustdan 3-sentyabrgacha dam olish kunlari deb belgilangan.

Shu munosabat bilan, umumtaʼlim maktablarida yangi 2019-2020 oʻquv yili 4-sentyabrdan boshlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?