“Ummon” guruhining “Oq gulim” klipini efirlarga uzatish rad etildi

13:27 13 May 2018 Madaniyat
545 0

O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshida qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengashda “Ummon” guruhining yangi ijod mahsuli ham ko‘rib chiqildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muasassasi matbuot xizmati XS.uz’ga ma’lum qildi.


Bugungi kunda tinim bilmay ijod qilayotgan “Ummon” guruhining “Oq gulim” deb nomlangan qo‘shig‘i so‘zi va musiqasi guruhga mansub bo‘lgan qo‘shiq tinglandi, bu qo‘shiq ham so‘zlarining mazmunsizligi hamda klipdagi kadridagi “alkogolli ichimliklar, yotoqxona sahnasini olib tashlash” tavsiya etilib, ushbu holatda efirlarga uzatish rad etildi. Muassasa mas’ullariga “Ummon” guruhi xonandalarini keyingi kengashga taklif etish vazifasi topshirildi.
“O‘zbekkonsert”davlat muasassasi matbuot xizmati
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?