“Umid nihollari” sport musobaqalarining Buxoro va Surxondaryo viloyatlari bosqichlari aniqlandi

11:08 18 May 2018 Sport
623 0

An’anaviy “Umid nihollari” sport musobaqalarining Buxoro viloyati bosqichidan Fijduvon tumani vakillari Prezident sovg‘asi — “Damas” rusumli avtomashina bilan qaytdilar. Ular umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, ana shunday e’zozga munosib ko‘rildilar.

Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan bu galgi musobaqalarda yuqori sinf o‘quvchilarining ham ishtirok etishgani bellashuvlarning yanada murosasiz va keskin bahslar ostida kechishini ta’minladi.

— Bu yilgi sport o‘yinlari dasturidan turon yakkakurashi, belbog‘li kurash, o‘zbek jang san’ati qatorida milliy kurashning ham o‘rin olgani ayni muddao bo‘ldi, — deydi O‘zbekiston Kurash federatsiyasi viloyat bo‘linmasi ijrochi direktori S. Umarov. — Biz “Umid nihollari”da ko‘plab iste’dodli yosh polvonlarni kashf qildik. Bu esa kurashimizning ertasi porloqligidan dalolat beradi.

Tadbirda namoyish etilgan konsert dasturi dillarga zavqu shavq ulashdi.

Termiz shahrida “Umid nihollari — 2018” sport musobaqalarining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning saralash bosqichlarida 238 ming 796 nafar yigit-qiz ishtirok etdi. 

— “Umid nihollari” sport musobaqasida 19 nafar o‘quvchimiz muvaffaqiyatli qatnashib, jami 14 ta oltin, 5 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi, — deydi Termiz shahridagi 12-Mehribonlik uyi tarbiyachisi X. Shoimqulov. — Ayni paytda respublika bosqichida ham yaxshi natijalarga erishish maqsadida mashg‘ulotlarni boshlab yuborganmiz. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida Denov tumani yoshlari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Folib jamoaga Prezidentimiz sovg‘asi — “Damas” avtomashinasi topshirildi. Termiz shahri vakillari ikkinchi, qumqo‘rg‘onlik yoshlar uchinchi o‘ringa munosib, deb topildi. 

Istam IBROHIMOV,
Ilhom RAHMATOV,
«Xalq so‘zi» muxbirlari. 

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?