Umid Ahmadjonov Turkiya prezidentining o‘g‘li Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan uchrashdi

16:19 13 Avgust 2018 Sport
309 0

Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Turkiyaning Istanbul shahrida Xalqaro Etnosport konfederatsiyasi hamda UNESCO yig‘ilishida ham ishtirok etdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishdan so‘ng Umid Ahmadjonov Butunjahon etnosport konfederatsiyasi rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi, Turkiya yoshlar fondi Oliy maslahat kengashi a’zosi Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan uchrashdi.

Turkiya prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning farzandi bo‘lgan Najmiddin Bilol may oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgandi. O‘shanda tomonlar bir qator masalalar bo‘yicha kelishuvlarga erishishgandi. Bu uchrashuvda esa ular o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, aloqalarni yanada mustahkamlash, kamondan o‘q otish sport turiga oid bir qator masalalarni muhokama qilishdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari ertaga kamondan o‘q otish bo‘yicha xalqaro “Fotih kubogi” musobaqasini O‘zbekistonda tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borishi kutilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?