Umid Ahmadjonov OʻFA Birinchi vitse-prezidentligidan boʻshash boʻyicha ariza yozdi

14:51 13 Iyun 2019 Sport
366 0

Xabaringiz bor, joriy yilning 3-mart kuni Tayland poytaxti Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya kengashining 38-Bosh Assambleyasi (OOK) boʻlib oʻtgan va unda Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidentligi lavozimiga Markaziy Osiyo mintaqasidan Umid Ahmadjonov saylangandi.

Shu kungacha OʻFA Birinchi vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib borgan Umid Ahmadjonov bir vatqning oʻzida Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti sifatida ham ishlayotgandi. Ammo chet elga uyushtiriladigan xizmat safarlari koʻpligi bois Umid Ahmadjonov Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasidan ketishga qaror qildi.

"Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidentligi nihoyatda masʼuliyatli vazifa. Kelasi yil Tokioda Olipiya oʻyinlari boshlanadi. Mazkur musobaqaga vaqt kam qolmoqda. Xizmat safarlari koʻp. Shu sababdan Oʻzbekiston futbol assotsisiyasi vitse-prezidentligidan boʻshash boʻyicha ariza yozdim.

Oʻylashimcha, oʻtgan vaqt davomida oʻzbek futboli rivoji uchun astoyidil mehnat qilib, qoʻlimizdan kelgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirdik. Bularning samarasi asta-sekin koʻzga tashlanmoqda.

Shu oʻrinda yurtimizda sport rivojiga, xususan, futbol rivojiga katta ahamiyat qaratib kelayotgan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovichga, barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berayotgan hukumatimiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib oʻtmoqchiman", - dedi Umid Ahmadjonov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?