Umid Ahmadjonov MOQ rahbarligidan ketishi kutilmoqda

16:51 15 May 2019 Sport
529 0

Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyatida oʻzgarishlar boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar bermoqda.

Manba xabariga koʻra, bugun Milliy olimpiya qoʻmitasida yigʻilish oʻtkazilgan va undan MOQning soʻnggi vaqtlardagi faoliyati tanqid qilingan. Aynan shu yigʻilishda MOQ rahbari Umid Ahmadjonovning mazkur lavozimga loyiqligi masalasi koʻtarilgan. Yigʻilishda qoʻmita Bosh Assambleyasining navbatdan tashqari yigʻilishini oʻtkazish taklifi kiritilgan.

Bosh Assambleya yigʻilishi tez orada boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Unda Milliy olimpiya qoʻmitasiga yangi prezident saylanishi mumkin. Manbaga koʻra, hozircha aniq nomzod boʻlmagani uchun, Assambleya yigʻilishi boshlanmay turibdi. Federatsiyalardan bu borada oʻz nomzodlarini taklif qilish soʻralgan.

Eslatib oʻtamiz, Umid Ahmadjonov bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyaning birinchi vitse-prezidenti lavozimida ham faoliyat yuritadi. Uning mazkur lavozimdan ham ketgan yoki qolgani borasida aniq maʼlumotlar yoʻq.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?