Umid Ahmadjonov: “Kuper millionlab o‘zbekistonliklarning uzoq yillik orzusini amalga oshirishiga umid qilamiz”

10:39 02 Avgust 2018 Sport
440 0
Foto: MOQ

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Umid Ahmadjonov O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlayotgan Ektor Kuper haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Kuper bilan yaxshi niyatlar hamda jiddiy maqsadlar yo‘lida kelishuvga erishdik. Umid qilamizki, millionlab vatandoshlarimizning uzoq yillik orzularini ro‘yobga chiqarishda bu inson bizga yordam beradi.

Biz Yevropa futboli nafasini O‘zbekistonga olib kira oladigan, o‘z futbolchilariga qahramonlik hislarini singdira oladigan, jamoalari har qanday raqibga tik qaray oladigan, eng muhimi, Jahon Chempionati sari yo‘lni bosib o‘tgan tajribali murabbiyni istagandik. Bizningcha, Kuper bu talablarga mos keladi.

Mana shunday mutaxassisning olib kelinishi uchun sharoit yaratib berayotgan O‘zbekiston hukumatiga hamda yangi bosh murabbiyni sabr bilan kuta olgan xalqimizga minnatdorchilik bildiraman”, – deya Ahmadjonovning so‘zlarini keltiradi MOQ matbuot xizmati.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?