Ulugʻnor tumanida "Yoshlar bogʻi” tashkil etilmoqda

13:23 09 Avgust 2020 Jamiyat
268 0

Andijon viloyatining choʻl hududi hisoblanmish Ulugʻnor tumanida “Yoshlar bogʻi”ga asos solindi. Endi bu yerda 112 nafar yigit-qizlar 600 gektardan iborat bogʻ barpo etadilar.

— Viloyat hokimligi tomonidan barcha sharoit yaratib berilmoqda,-deydi bogʻbon Neʼmatjon Akbarov. — Shunga javoban choʻl qoʻynida boʻston yaratishga kirishildi. Yerning xususiyatini inobatga olgan holda kam suv talab qiladigan yongʻoq, bodom, xandon pista kabi mevali daraxtlar koʻchatini ekish rejalashtirilgan. Koʻchat oralarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirib, daromad olish mumkin.

Ayni paytda bogʻ uchun ajratilgan hudud yoshlarga taqsimlab berilib, yerga ishlov berish jarayoni boshlab yuborildi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?