Ulug‘nor tumanida Andijon viloyati faollari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda

22:24 19 May 2018 Siyosat
435 0

Ulug‘nor tumani hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyati va tumanlari hokimlari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. 

Davlatimiz rahbari so‘zining boshida barchani Ramazon oyi kirib kelgani munosabati bilan muborakbod etdi.

«Mamlakatimiz musulmonlarini, aziz xalqimizni Muborak Ramazon oyi bilan chin yurakdan tabriklayman. Ro‘zadorlarga sihat-salomatlik, sabr-qanoat tilayman. Yaratgandan barcha savob ishlarimizni o‘z dargohida qabul qilishini, yurtimizga fayzu baraka yog‘dirishini so‘raymiz» dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Yig‘ilishda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, qo‘shimcha manbalar topish hisobidan ish o‘rinlari tashkil etish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?