Ulug‘bek Qodirov ishtirokidagi “Snayper” filmining 56 kunlik syomkasi tugadi

14:51 13 Iyul 2018 Madaniyat
655 0

Rejissor Ozod Shams hamda prodyuser Ruslan Mirzayev jamoasi tomonidan suratga olingan “Snayper” filmining premyerasi oktabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.  

​Foto: Ruslan Mirzayev 

Filmning suratga olish ishlari 2017-yilda boshlangan edi. Shu vaqt mobaynida Toshkent shahri va viloyati hamda Turkiyada suratga olish ishlari bo‘lib o‘tdi. 

Film preodyuseri Ruslan Mirzayevning “Xalq so‘zi online”ga bergan ma’lumotlariga qaraganda, “Snayper” filmining bir yil ichida bo‘lib o‘tgan  56 kunlik syomka ishlari yakuniga yetgan.

Filmda bosh rollarni Ulugʻbek Qodirov, Matyoqub Matchonov, Saida Rametova, Shuhrat Umarov, Behzod Muhammadkarimov, Feruza Sobitova, Mehriddin Rahmatov singari aktyor va aktrisalar ijro etishgan. Bundan tashqari filmda turk aktyorlari ham rol ijro etishgan.

“Snayper” filmining keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan premyerasi 2018-yil oktabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.  
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?