Ulugʻ shoirga ehtirom (Foto Video)

13:35 09 Fevral 2020 Madaniyat
359 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Bu yil ulugʻ soʻz sanʼatkori, mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 579-yilligini keng nishonlaymiz. Mutafakkir shoir tavalludini yurtimiz boʻylab katta tantana bilan nishonlash ezgu anʼanaga aylangan. Shu munosabat bilan bugun poytaxtimizda qad rostlagan Navoiy haykallari poyiga gul qoʻyish marosimlari boʻlib oʻtdi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Avvalo Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti hovlisida joylashgan ulugʻ shoir haykali poyida asosiy rasmiy tadbir oʻtkazildi. Unda davlat va jamoat arboblari, diplomatik korpus vakillari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar, Afgʻoniston va Ozarbayjondan kelgan bir guruh olim va tadqiqotchilar, talaba va oʻquvchi yoshlar hamda ijodiy tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Tadbirni Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid ochib berdi. Anjumanda soʻz olganlar Navoiy abadiyati, turli mamlakatlar ijtimoiy-siyosiy, adabiy muhitida qoldirgan oʻchmas izi, betakror gʻazallari xususida coʻz yuritdilar. Shuningdek, Navoiy gʻazallaridan qilingan tarjimalar, ulugʻ shoir haqidagi olimlar fikr-mulohazalari aytib oʻtildi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

xs.uz online rasmiy veb saytini kuzatib boring. Tez orada tantanali adabiy-maʼrifiy tadbirdan video reportaj taqdim etamiz.

Yulduz Oʻrmonova,

Xalq soʻzi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?