Ukrainada prezident saylovining ikkinchi turi qachon oʻtkazilishi maʼlum qilindi

16:19 01 Aprel 2019 Jamiyat
391 0

Ukraina MSK mamlakatda prezident saylovining ikkinchi turi oʻtkazilishini rasman eʼlon qildi. Bu haqda MSK raisi Tatyana Slipachuk Kiyevda tashkil etilgan brifingda maʼlum qildi, deb xabar berdi UNN ukrain axborot agentligi.

“Men ikkinchi tur oʻtkazilishini taʼkidlab oʻtmoqchiman. MSK oldida keyingi juda masʼuliyatli vazifa turibdi — yakunlarni sarhisob qilish va 21 aprelga belgilangan ikkinchi tur oʻrtasidagi tanaffus juda va juda qisqa”, - dedi Tatyana Slipachuk.

Ukrainada ovoz berish protokollarining 65,75 foizi koʻrib chiqildi. Unga koʻra, nomzod Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidenti saylovida 30,41 foiz bilan yetakchilik qilmoqda. Amaldagi prezident Petr Poroshenko hisobida 16,28 foiz, Yuliya Timoshenkoda esa 13,10 foiz mavjud.

Maʼlumot uchun, birinchi tur kecha, 31 mart kuni boʻlib oʻtdi. Unda saylovchilarning 63,52 foizi ishtirok etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?