Ukrainada ovoz berish protokollari toʻliq koʻrib chiqildi. Oʻzgarish bormi?

16:32 04 Aprel 2019 Jamiyat
460 0

Ukraina Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovida ovoz berish boʻyicha protokollarning barchasi – 100 foizini koʻrib chiqdi. Bu haqda mamlakat MSK saytida xabar berildi.

Birinchi oʻrinda Vladimir Zelenskiy(30,24 foiz), ikkinchi oʻrinda amaldagi prezident Petr Poroshenko(15,95 foiz), uchinchi oʻrinda Yuliya Timoshenko(13,4 foiz) qayd etilgan. MSK maʼlumotiga koʻra, prezident saylovida 18,8 mln. kishi qatnashgan.

Ikkinchi turga Vladimir Zelenskiy va Petr Poroshenko oʻtgan. Ushbu bosqich 21 aprel kuni boʻlib oʻtadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?