Ukraina prezidenti Oʻzbekistondagi elchisini vazifasidan ozod qildi

11:49 13 Mart 2019 Jamiyat
274 0

Foto: fb.com/ysavko

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko mamlakatining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yuriy Savchenkoni oʻz vazifasidan ozod etish boʻyicha farmon chiqardi.

Eslatib oʻtamiz, ukrainalik 65 yoshli diplomat ushbu lavozimda 2010 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan edi. U mazkur ishga Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich tomonidan tayinlangandi.

Oʻzbekiston va Ukraina oʻrtasidagi tovar aylanmasi oʻtgan yilning 8 oyi davomida 2017 yilning shu davridagiga nisbatan 54 foiz oʻsib, 268 million AQSH dollarini tashkil etgan. Shunga qaramay ikki mamlakat oʻrtasida ayrim savdo nizolari ham roʻy berdi.

Ukraina Oʻzbekistondan import qilinadigan yangi yengil avtomobillarga nisbatan subsidiya bilan bogʻliq tekshiruvlarni ochgan edi. Oqibatda ukrain shakari, farmatsevtika va boshqa mahsulotlari Oʻzbekiston bojxonasida qator muammolarga duch keldi. Keyinchalik davlatlar ushbu bahsli vaziyatni tartibga solishga erishishdi.

Bugungi kunda Ukraina hududida Oʻzbekistonning 40 mingdan ziyod fuqarosi yashaydi. Ulardan 880 nafari elchixonada doimiy roʻyxatdan oʻtgan. Bundan tashqari, Ukraina oliy taʼlim muassasalarida Oʻzbekistondan 2800 nafar oʻgʻil-qiz tahsil olmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?