Ukraina farmatsevtika kompaniyasi Oʻzbekistonga 10 mln dollar investitsiya kiritadi

10:50 06 Sentyabr 2018 Jamiyat
249 0
Foto: pharma.net

Ukrainaning eng yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri “Farmak” Oʻzbekistonda farmatsevtika zavodi qurish uchun 10 million dollar investitsiya kiritishini maʼlum qildi. Bu haqda korxona matbuot xizmatiga asoslanib “Ukrrudprom” nashri xabar qilgan.

Hozirda “Farmak” oʻz mahsulotlari savdosi boʻyicha Oʻzbekistonda toʻrtinchi oʻrinni egallaydi.

Kompaniya kuzatuv kengashi rahbari Filya Jebrovskiy va Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Abdullayev oʻzaro kelishuvga erishgan.

“Ushbu loyiha “Farmak” mahsulotlari xilma-xilligini koʻpaytiradi, import mahsulotga qaramlikni kamaytirib, farmatsevtika klasteri kengayishida baza yaratadi”, deya maʼlum qilgan Alisher Abduvaliyev.

“Farmak” kompaniyasi 200 dan koʻproq dori turlarini ishlab chiqaradi, unga har yili 20 ga yaqin yangi dorilar qoʻshilmoqda. Mahsulotlar dunyoning 20 dan ortiq davlatiga eksport qilinib, ushbu eksport jami foydaning 25 foizini tashkil etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?