Ukraina bosh vaziri isteʼfo berishini eʼlon qildi

18:07 21 May 2019 Dunyo
275 0

20 may kuni Ukraina prezidenti lavozimiga kirishgan Vladimir Zelenskiyning hukumatdan isteʼfo berishni talab qilishi ortidan bosh vazir Vladimir Groysman lavozimidan ketish haqida qaror olganini maʼlum qilgan, deb yozadi BBC.

V.Groysman chorshanba kuni isteʼfo toʻgʻrisida ariza bermoqchi ekanini bildirgan.

Ukraina qonunlariga koʻra, bosh vazirning isteʼfoga chiqishi butun hukumatning tarqatilishiga olib keladi.

Bundan tashqari, yangi prezident Vladimir Zelenskiy oʻzining ilk farmoni Ukraina parlamenti - Oliy Radani tarqatib yuborish toʻgʻrisida boʻlishini maʼlum qilgan va muddatidan avval parlament saylovi oʻtkazilishini bildirgan.

Manbaga koʻra, Oliy Radani tarqatish toʻgʻrisidagi prezident farmoni bugun - 21 may kuni eʼlon qilinishi borasida xabar berilgan. Bunday holatda, navbatdagi parlament saylovi 14 iyul kuni boʻlib oʻtadi.

Zelenskiyning taʼkidlashicha, parlamentga faqat keyingi saylovda gʻolib chiqishni oʻylaydigan shaxslar emas, balki kelajak avlod taqdiri yoʻlida jon kuydiradigan fidoyilar zarur.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?