Ukraina 9-may — Gʻalaba kunini nishonlamaydi

20:09 01 Mart 2020 Dunyo
164 0

Foto: gazeta.ru

Ukraina 9-may — Gʻalaba kunini nishonlamaydi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Vadim Pristayko “Ukraina 24” kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

“Ukraina Yevropa davlatlari kabi Ikkinchi jahon urushining sabablarini tan olishga tayyor”, dedi Pristayko. Uning aytishicha, “Yevropa davlatlari bir-birini kechirishga rozi. Shularni hisobga olib biz bayramni nishonlamaymiz“, dedi vazir.

Yana uning qoʻshimcha qilishicha, Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadan 9-may kuni Moskvada boʻlib oʻtadigan parad uchun Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga taklifnoma olmagan. 

Eslatib oʻtamiz, 2015-yildan Ukrainada 8-may — Xotira va murosa kuni sifatida nishonlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?