Uxan koronavirusini yuqtirgan birinchi bemor topildi

22:29 26 Mart 2020 Dunyo
472 0

Arxiv surat

Covid-19 virusini yuqtirgan birinchi xitoylik bemor Uxandagi Xuanan dengiz bozorida sotuvchilik qiladigan Vey ismli ayol boʻlib chiqdi. Taʼkidlanishicha, u qanday qilib infeksiyani aniq yuqtirganligi hozirgacha nomaʼlum.

Nashr, shuningdek, birinchi yuqtirganlar roʻyxati bilan tanishishga muvaffaq boʻldi. Ushbu maʼlumotlarga koʻra, Xuanan bozoriga 24 kishi tashrif buyurgan, ularning toʻrttasi xuddi shu oilaning aʼzolari.

Maʼlum boʻlishicha, Vey uzoq vaqt bozor yaqinida yashagan. U oʻzida yuqori haroratni sezib, uyining birinchi qavatidagi klinikaga murojaat qilgan.

Uning soʻzlariga koʻra, normal holatlarda shamollashni yengib tezda tuzalib ketgan. Ammo bu safar xavotirga tushadi, chunki hatto ukollar ham kasallikdan xalos boʻlishga yordam bermaydi. Ayol boshqa klinikaga murojaat qilganida, u yerda ham unga yordam berisha olmagan.

16-dekabr kuni Vey Xuanjun Fan-Texnologiya Universitetining “Wuhan Union Hospital” kasalxonasiga yetib kelgan va shifokorlar unda koronavirus borligini tasdiqlashgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?