UYEFA konsultanti Qoraqalpogʻistonga bordi

14:30 18 Noyabr 2020 Sport
106 0

Yevropa futbol assotsiatsiyalari uyushmasi - UYEFA konsultanti Rojer Meyxri Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining masʼul xodimlari bilan Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Qoraqalpogʻiston futbol assotsiatsiyasining maʼlum qilishicha, UYEFA mutaxassisi Toʻrtkoʻl, Beruniy, Xoʻjayli, Taxiatosh, Nukus tumanlari va Nukus shahrida boʻlib, Qoraqalpogʻistonda futbolni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xizmat tashrifi davomida yevropalik mutaxassis Qoraqalpogʻiston futbol assotsiatsiyasi amalga oshirayotgan ishlarni atroflicha oʻrganib, oʻz takliflarini berdi.

Bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyasida murabbiylar va yosh futbolchilar uchun mahorat darsi oʻtdi.

Shu bilan birga, mahalliy murabbiylar bilan zamonaviy futbolning rivojlanish yoʻnalishlari mavzusida muloqot qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?