Uchtepa tumaniga yangi hokim va qolgan sektorlarga rahbarlar tayinlandi

09:53 22 May 2019 Jamiyat
501 0

Toshkent shahar Uchtepa tumanining toʻrtta sektoriga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Farhod Ravshanovich Abdullayev Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Farhod Abdullayev 35-Tuzel saylov okrugi deputati, kommunal xoʻjalik va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha doimiy raisi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. 2011−2018 yillarda “Oʻzikkilamchiranglimetall” korxonasiga rahbarlik qilgan.

Eslatib oʻtamiz, 10 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumanida boʻlib, tuman rahbarlari, mahallalar raislari, ziyolilar, mutasaddilar bilan uchrashuv oʻtkazgandi. Tuman hokimi Shuhrat Mahamadnazimovich Atamuhamedov va tumanning boshqa rahbarlari davlat rahbarining ushbu tumanga tashrifi yakunlariga koʻra ishdan olingandi.

2017 yildan Toshkent viloyati Angren tuman DSI boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Rustam Maxmudjanovich Ashirmatov Uchtepa tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Uchtepa tumani boʻyicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga Sayfullo Negmatovich Ahmedov nomzodi tasdiqlandi. U 2018−2019 yillarda Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari — giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

2018 yildan Samarqand viloyati prokurorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan Jobir Odilovich Azimov Uchtepa tumani prokurori boʻldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?