Uchquduqda bir ixtiro sabab 30 kishining bandligi taʼminlandi

15:09 06 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
248 0

Arxiv foto

“Xalq soʻzi Online”. Temur Eshboyev/Navoiy. Konchilik ishlari uyum-uyum tuproq va kon chiqindilari hosil qilishi tabiiy hol.

Uchquduq tomonlarga borgan kishi shahar ostonasidayoq bunga amin boʻladi. Mazkur sanoat chiqindilar hududdagi konchilik ishlarining uzoq yillik asorati boʻlib, yaqin-yaqinlargacha eʼtibordan chetda qolib kelardi.

Mazkur sanoat chiqindilarini qayta ishlab, tayyor mahsulot olish maqsadida olib borilgan izlanishlar nihoyat oʻz samarasini berdi.

2014 yil Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Q. Sanaqulov boshchiligidagi bir guruh innovatorlarning “Radioaktiv kon agʻdarmalarni rekultivatsiya qilish usullari” ixtirochilik ishi tan olinib, unga patent berildi. Natijada hududdagi Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli Geotexnologik konda tarkibida uran mavjud chiqindilarni rekultivatsiya qilish uchastkasi tashkil etilib, yaqinda ishlab chiqarishga tatbiq etildi.

“Har kuni 600-800 tonna agʻdarmani qayta ishlash quvvatiga ega bu uchastkada 30 ta yangi ish oʻrnini yaratildi. Hozirda uran ishlab chiqarish rejamizning 3-5 foizi mazkur yangi uchastkaga toʻgʻri kelmoqda”, - deydi Geotexnologik kon boshligʻi Fazliddin Mamajonov.

Taʼkidlash joizki, atrof-muhit, tabiiy landshaftni buzib turgan mazkur chiqindilardan mahsulot olish bilan birga ular endi rekultivatsiya qilinib,foydalanish uchun maqbulligi taʼminlanmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?