Uchinchi yili 1,2 million AQSH dollari miqdorida sarmoya keltirishi kutilayotgan issiqxona qurilishi boshlandi

10:47 22 Avgust 2020 Iqtisodiyot
452 0

Boʻka tumaning “Doʻstlik” hududida loyiha qiymati 55 milliard soʻm boʻlgan limonchilik issiqxonasi qurishga kirishildi. «Turonbank» ATBning Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ishtirokidagi 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil mobaynida toʻlash imkoni qayd etilgan imtiyozli kreditlari hisobiga bunyod etilayotgan ushbu zamonaviy issiqxona boshqalaridan oʻzining serdaromadligi bilan ajralib turadi. Yangi limonzor 3 yilda hosilga kirishini inobatga olib, yerdan unumli foydalanish rejasi ishlab chiqildi. Unga koʻra, dastlabki yillari koʻchatlar oraligʻiga eksportbop ekinlar joylashtiriladi.

Limonchilik issiqxonasidan xorijga eksport qilinadigan sabzavotlardan birinchi va ikkinchi yillarda 800 ming AQSH dollari, uchinchi yilda esa 1,2 million AQSH dollari miqdorida daromad topish koʻzda tutilmoqda.

Shodiyor MUTAHAROV
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?