Uchar taksilar endi orzu emas

12:58 25 Iyun 2018 Dunyo
905 0
Foto: Autoblog

Germaniya hukumati Audi va Airbus kompaniyalari bilan o‘ziga xos bitim imzoladi. Unga ko‘ra, Bavariyaning Ingolshtadt shahrida uchuvchisiz uchadigan taksilar sinovdan o‘tkaziladi, deyiladi Bloomberg xabarida.

“Uchar taksilar – endi orzu emas, ular sizni tezkorlikning yangi o‘lchovlarida olib yurishi mumkin. Bu mazkur texnologiyani juda muvaffaqiyatli rivojlantirayotgan kompaniyalar va startaplar uchun ulkan imkoniyatdir”, - deydi Germaniya transport vaziri Andreas Sheyer.

Ma’lumot uchun, Audi va Airbus tomonidan joriy yil mart oyida Jeneva avtosalonida uchar taksi-elektromobilining namunasi taqdim etilgan edi. U juda yengil bo‘lib, ikki o‘rinli yo‘lovchi kapsulasi ko‘rinishida bo‘lib, mazkur qurilmani avtomobil yoki parvoz qilish uchun sakkiz parrakli dronga mahkamlash mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorongʻu tundir”

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti olimlari bilan keng muhokama qilinib, “Xalq soʻzi” gazetasi hamkorligida tayyorlangan “Bilimsizlik — insoniyat uchun eng qorongʻu tundir” deb nomlangan risola “Zamin Nashr” nashriyoti tomonidan 1000 nusxada chop etildi.

19 Yanvar 2019