Uchar tadbirkordan “Neksiya” uchun toʻlangan pul qaytarib olindi

16:06 05 Iyul 2019 Iqtisodiyot
409 0

Buxorolik Shoxiddin Axmedov isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga ariza yozib, oʻzini anchadan buyon qiynayotgan muammo yuzasidan murojaat qildi.

Unga koʻra Shoxiddin Axmedov Buxoro shahridagi “Umid avto lizing” korxonasiga “Neksiya 3” avtomobili uchun 2018-yil avgust oyida 34.750.000 soʻm naqd pul toʻlagan. Ammo hozirga qadar avtoulovni ololmaganidan norozi boʻlgan. Federatsiya bunday muammolarga yechim topishga doim harakat qiladi.

Uchar tadbirkordan isteʼmolchining 34.750.000 soʻm naqd puli olib berildi va uning qonuniy huquqlari tiklanishiga erishildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?