Uch oʻsmir “Milliy hammom” binosi yonida zoʻrlik va talonchilik qildi

13:41 24 Iyul 2020 Jamiyat
408 0

Andijon. 2020-yilning 20-iyul kuni soat 21:30 da Andijon tumani Gumbaz MFY hududida fuqaro 21 yoshli J.J. 20 yoshli M.K. va 19 yoshli A.I.lar bir guruh boʻlib, M.K. ning boshqaruvida boʻlgan “Matiz” rusumli avtomashinada 36 yoshli D.Z. ni kuzatib, “Milliy hammom” binosi yonida toʻxtatib, (hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatishib) D.Z. ning yuz qismiga urib, yonida boʻlgan narxi 1.400.000 soʻmlik 1 dona “Samsung A-10” rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishib, hodisa joyidan yashiringanlar. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida J.J., M.K. va A.I., lar ushlanib, ulardan “ Samsung A-10” rusumli uyali telefon apparati xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

"Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi boʻyicha J.J., M.K. va A.I.,larga JKning 164-moddasi 2-qismi «b» bandi (bosqinchilik) bilan ayb eʼlon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?