Uch oydan beri qidiruvda boʻlgan xavfli jinoyatchi qoʻlga olindi


Fransiya politsiya uch oydan beri qidiruvda boʻlgan oʻta xavfli jinoyatchi Reduan Faidni qoʻlga oldi. U uch oy oldin sheriklarni yordami bilan vertolyotda qamoqxonadan qochib ketgan ketgan edi.
Politsiya Reduan Faid qoʻlga olish amaliyoti tafsilotlarini maʼlum qilmagan. Mahalliy OAV xabariga koʻra, u Fransiya shimolidagi Krey shahrida ushlangan. Reduan Faid bilan birga olti kishi, shu jumladan akasi va ikki jiyani ham qoʻlga olingan.
Politsiya Reduan Faid bu shaharda yashirinib yurganini oldinroq payqagan boʻlsa-da, uni qoʻlga tushirish uchun qulayroq imkoniyatni poylab turgan. Hibsga olish paytida oʻqotar qurollar ishlatilmagani aytilmoqda.
U shu yilning 1 iyul kuni Sena va Marna departamentida qochib ketgan edi. Reduin Faid 1972 yilda Krey shahrida tugʻilgan. 1990-yillarda u qurolli talonchilik bilan shugʻullangan hamda talonchilar toʻdasiga rahbarlik qilgan. Retsidivist jinoyatchi 25 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Reduin Faid 2013 yilda ham Fransiyaning Lill shahridagi qamoqxonadan qochishga muvaffaq boʻlgan edi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: