Uch oyda davlat byudjetining daromadlari 23 trln soʻmni tashkil qildi

17:46 03 May 2019 Iqtisodiyot
436 0

Illyustrativ foto

Davlat byudjetining 2019 yil I chorak daromadlari 23 trillion soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobarga ortdi. Bu haqda Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov Senatning oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisida “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi doirasida birinchi chorakda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisoboti vaqtida maʼlum qildi.

Taʼkidlash kerakki, mahalliy byudjetlar tuzilmasi oʻzgartirilishi va joylardagi hokimiyatlarning byudjet vakolatlari oshirilishi natijasida joriy yilning I choragida mahalliy byudjet tushumlari qariyb 8 trillion soʻmga bajarildi.

Mahalliy byudjetlar ixtiyorida 1,0 trillion soʻm qoʻshimcha mablagʻlar qoldi (misol uchun, Andijonda – 122,5 mlrd. soʻm, Qashqadaryoda – 72,6 mlrd. soʻm, Sirdaryoda – 37,3 mlrd. soʻm).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?