Uch nafar suzuvchimiz Tokio Paralimpiadasiga yoʻllanma qoʻlga kiritdi

11:25 16 Sentyabr 2019 Sport
94 0

Buyuk Britaniyaning London shahrida para-suzish boʻyicha jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. Kelasi yili Tokioda boʻlib oʻtadigan Paralimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beradigan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari ham munosib ishtirok etib, sakkizta medal va 3 ta Paralimpiada litsenziyasini qoʻlga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Vakillarimizdan Rio Paralimpiadasining ikki karra sovrindori Shohsnam Toshpoʻlatova 1 tadan oltin va bronza medallarini terma jamoamiz gʻaznasiga keltirgan boʻlsa, Islom Aslanov 3 ta kumush medallariga sazovor boʻldi. Quyida mazkur jahon chempionatida sovrindor boʻlgan vakillarimiz roʻyxatini keltirib oʻtamiz:

Oltin:

Shohsanam Toshpoʻlatova – 1 ta.

Kumush:

Islom Asanov – 3 ta

Firdavs Musabekov – 1 ta.

Bronza:

Nigora Mirzohidova – 1 ta

Muzaffar Tursunxoʻjayev – 1 ta

Shohsanam Toshpoʻlatova – 1 ta.

Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasining nizomiga koʻra, jahon chempionatida oltin va kumush medalni qoʻlga kiritgan sportchilar Tokio-2020 Paralimpiadasi yoʻllanmasiga ega boʻlishardi. Shu tariqa ushbu jahon chempionatida Shohsanam Toshpoʻlatova, Islom Asanov hamda Firdavs Musabekov Tokio-2020 Paralimpiadasi yoʻllanmasiga ega boʻldilar. Qolgan sportchilarimiz esa Paralimpiada yoʻllamasining qimmatli reyting ochkolarini jamgʻardilar.

Tokio Paralimpiadasining reglamentiga koʻra, musobaqaga yoʻllanma olgan har bir ishtirokchi 4 ta masofada bahs olib borish imkoniyati ega. Bu esa ushbu vakillarimiz kelasi yil 12 xil yoʻnalishda startga chiqishini anglatadi. Shu tariqa Tokio-2020 Paralimpiadasiga yoʻllanma olgan sportchilarimiz soni 7 nafarga yetdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?