Uch nafar bokschimiz Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi va Oʻzbekistonga umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni keltirdi

14:21 26 Aprel 2019 Sport
308 0

Tailand poytaxti Bangkok shahrida havaskor bokschilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati final janglari davom etmoqda. Unda Oʻzbekistonning finaldagi yana bir vakili Bobo Usmon Baturov oltin medal uchun jang qildi. -69 kg vaznda ringga chiqqan Bobo Usmon yaponiyalik Sevonrets Okazavaga qarshi ringga chiqdi. Yakunda hakamlarning turlicha qarorlari bilan bergan baholariga koʻra, Bobo Usmon Baturov ochkolar boʻyicha gʻalaba qozongan oltin medalga sazovor boʻldi.

Bu Oʻzbekiston terma jamoasining erkaklar turniridagi uchinchi oltin medali edi. Bungacha -49 kg vaznda Nodirjon Mirzaahmedov va -56 kg vaznda Mirazizbek Mirzahalilov hindistonlik raqiblarini magʻlub etib, Osiyo chempionatidagi dastlabki ikki oltin medalni Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga keltirgandi.

Bobo Usmonning oltin terma jamoaga muddatidan oldin erkaklar oʻrtasidagi bahslarda umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishi uchun yetarli boʻldi.

Bugun yana ikki nafar oʻzbekistonlik bokschi finalda ringga chiqadi.

-91 kg: Sanjar Tursunov (Oʻzbekiston) – Xyong Kyu Kim (Janubiy Koreya)

+91 kg: Bahodir Jalolov (Oʻzbekiston) – Qamshibek Konkabayev (Qozogʻiston).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?