Uch hududda 192 kishida koronavirus aniqlandi, yana 3 nafar bemor vafot etdi

23:32 24 Avgust 2020 Jamiyat
277 0

2020-yil 24-avgust soat 23:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 39 348 (+192) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 100 nafari Toshkent viloyatida, 82 nafari Toshkent shahrida hamda 10 nafari Xorazm viloyatida tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirobod tumanida yashagan 68 yoshli A.E. (erkak), Chilonzor tumanida yashagan 67 yoshli Z.G. (ayol) hamda Chinoz tumanida yashagan 38 yoshli X.Ya. (ayol), jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahrida 376 nafar, Toshkent viloyatida 141 nafar, Buxoro viloyatida 11 nafar, Xorazm viloyatida 8 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 6 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Surxondaryo viloyatida ham 5 nafar, Fargʻona viloyatida 3 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 2 nafar, jami 564 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 35 551 (+564) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (90 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 517 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?