“UAZ” yukxonasidan 20 million soʻmlik Red Bull  energetik ichimliklari topildi   

13:24 19 Sentyabr 2020 Jamiyat
210 0

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazishdi.

Tadbir davomida fuqaro U.J. boshqaruvidagi “UAZ-3303” rusumli yuk avtomashinasi belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.

Natijada ushbu yuk avtomashina yukxonasidagi xufya joylarga sifati kafolatlanmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 20 million soʻmlik 816 dona energetik ichimliklar yashirilganligi aniqlandi. Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?