U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari taqvimi tasdiqlandi. Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi qachon oʻynaydi?

17:19 02 Oktyabr 2019 Sport
102 0

Joriy yilning oktyabr va noyabr oylarida U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari oʻtkaziladi. Mazkur musobaqa final bosqichining mezboni – Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi ayni paytda Saudiya Arabistonida oʻtkaziladigan saralash bahslariga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Osiyo futbol konfederatsiyasi saralash oʻyinlarining taqvimini tasdiqladi. Unga koʻra, mezbon sifatida allaqachon musobaqaning final bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl olib ulgurgan Oʻzbekiston U-19 terma jamoasi noyabr oyida Saudiyada quyidagi raqiblar bilan maydonga tushadi:

U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralashi

“F” guruhi

Saudiya Arabistoni

Oʻzbekiston

Hindiston

Afgʻoniston

6-noyabr

21:05 | Saudiya Arabistoni – Afgʻoniston

18:05 | Oʻzbekiston – Hindiston

8-noyabr

18:05 | Afgʻoniston – Oʻzbekiston

21:05 | Hindiston – Saudiya Arabistoni

10-noyabr

21:05 | Saudiya Arabistoni – Oʻzbekiston

18:05 | Hindiston – Afgʻoniston

Barcha uchrashuvlar Xobar shahridagi “Shahzoda Saud bin Jalavi” stadionida oʻtkaziladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?