Twitter foydalanuvchilari kamayib, daromadi ortdi

15:46 09 Fevral 2019 Dunyo
514 0

Amerikaning Twitter kompaniyasi 2018 yilning toʻrtinchi choragida faol foydalanuvchilarining bir qismini yoʻqotgan boʻlsa-da, daromad va foyda koʻrish boʻyicha oʻsishga erishdi. Mazkur davrda uning daromadi qariyb 909 mln. dollarni tashkil etdi. Bu oʻtgan yil shu davrdagi(731,6 mln. dollar)ga nisbatan 24 foiz koʻpdir. The Wall Street Journal gazetasi maʼlumotlariga koʻra, bu kompaniya tashkil topgandan beri bir chorak davomida qoʻlga kiritgan eng katta daromadidir.

Buni qarangki, uning foydalanuvchilari soni 321 mln. kishigacha kamaydi. Vaholonki, oʻtgan yil uchinchi choragida akkauntlar soni 326 mln., 2017 yilda esa 330 mln. ta edi.

Daromad ortishiga qaramay investorlar eʼlon qilingan prognozlar hamda foydalanuvchilar soni kamayganidan norozi, deb yozadi Reuters. AQSHda savdolar ochilishi bilan uning aksiyalari narxi 8 foiz arzonlashgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?