Tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan har bir shaxs jamiyatda munosib oʻrin egallash uchun ikkinchi imkoniyatga loyiq — yevropalik mutaxassislar

16:29 30 Avgust 2020 Siyosat
308 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Mustaqillik kuni arafasida 113 nafar mahkumni afv etdi, ularning 105 nafari diniy ekstremizmda ayblanib sudlanganlardir. Ushbu voqea xalqaro siyosiy va ekspert doiralarida Oʻzbekistonda inson huquqlari, soʻz va din erkinligini taʼminlash sohasida izchil taraqqiyotning isboti sifatida keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Xususan, Markaziy Osiyo muammolari bilan shugʻullanadigan yevropalik ekspertlar ushbu qadamni quyidagicha izohlashdi.

Alberto Turkstra, Yevropa Osiyo tadqiqotlari instituti dasturi direktori va Diplomatik tinchlik institutining loyiha menejeri:

—Ushbu hujjat afv etish toʻgʻrisidagi yozma soʻrovlarga javob boʻlib, Oʻzbekistondagi inson huquqlari vaziyatini yaxshilash yoʻlidagi muhim qadamdir. Hujjat Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2016-yildan beri olib borilayotgan liberallashtirish siyosatini aks ettiradi.

2017-yil iyunda Oʻzbekiston Prezidenti mamlakat huquqni muhofaza qilish idoralariga taqiqlangan diniy tashkilotlarga aloqadorlikda gumon qilingan va potensial diniy ekstremistlar deb hisoblangan Oʻzbekiston fuqarolarining “qora roʻyxatlari”ni qayta koʻrib chiqishni topshirgan edi.

2018-yilga kelib 18 mingdan ortiq Oʻzbekiston fuqarolari bunday “qora roʻyxatlar”dan chiqarildi.

Xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qoʻllab-quvvatlangan yana bir muhim qadam, oʻtgan yili Prezident tomonidan Jasliq qamoqxonasini yopish toʻgʻrisidagi farmonni imzolanishi boʻldi.

2017-2021-yillarda rivojlanishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida qamoqxona sharoitlarini xalqaro standartlarga muvofiq yaxshilash boʻyicha bir qator qoidalar belgilandi. Ular BMTning mahbuslarga nisbatan muomala qilishning minimal qoidalari, qamoqxonalarni tasniflash tizimini takomillashtirish va, eng muhimi, huquqbuzarlarning jamiyatdagi reintegratsiyaga yordam beradi.

Bundan tashqari, sobiq mahkumlarning tibbiy, psixologik va iqtisodiy ehtiyojlarini inobatga olish muhimdir. Chunki ular bir necha yillik qamoq jazosidan keyin oila va umuman jamiyatga qoʻshilish jarayonini boshdan kechirmoqdalar.

Mark Shmits, Xalqaro sud ijrochilari ittifoqi (MSSIprezidenti:

— Avvalo, Xalqaro sud ijrochilari Ittifoqi nomidan barchani Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi bilan tabriklayman. Darhaqiqat, bu mamlakatingizning boy tarixidagi navbatdagi bosqich.

Xalqaro sud ijrochilari Ittifoqiga jazoni oʻtayotgan shaxslarni afv etish instituti tashkil etilganligi toʻgʻrisida xabar berildi. “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi Farmonning qabul qilinishi bu oʻzbek xalqining kelajakka tayyorligi, umidlari va intilishlarini ifodalovchi harakatdir.

Biz tuzatish yoʻliga qatʼiy qadam qoʻygan har bir shaxs ikkinchi imkoniyatga loyiq deb oʻylaymiz. Yana shuni aytish kerakki, ularning jamiyatda munosib oʻrin egallashi uchun ijtimoiy himoyani kuchaytirish kerak. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusini insonparvar va uzoqni koʻra oladigan deb hisoblash mumkin. Bu xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga loyiqdir.

“Dunyo” AA

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?