Tushkunlikdan qutulmoqchimisiz, jismoniy faol bo’ling

16:52 26 Aprel 2018 Lifestyle
296 0

Jismoniy faollik har qanday yoshda ruhiy tushkunlik(depressiya)dan xalos bo’lishga yordam beradi.

 AQSH, Braziliya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Shvetsiya va Avstraliyadan bir guruh olimlar tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar yakunida ana shunday xulosaga kelindi, deb yozadi “EurekAlert!” manbasi.

Mutaxassislar dunyoning turli mintaqalarida tashkil etilgan 49 ta izlanish natijalarini birlashtirishdi. 

Xususan, shifokorlar oxirgi etti yil davomida ruhan sog’lom 277 ming kishini kuzatib borishdi. Va jinsi, yoshi va yashash joyidan qat’i nazar yuqori darajadagi jismoniy faol insonlarda ruhiy tushkunlikka tushish moyilligi ancha kamligi ayon bo’ldi.

Olimlar bu boradagi tahlillarni davom ettirishib, kelajakda depressiya rivojlanishining oldini oluvchi quvvat sarfining zarur darajasini aniqlashmoqchi.

Ular kuzatuvlarning e’lon qilingan yakunlari sog’lom turmush tarzini ommalashtirishga hissa bo’lib qo’shilishiga umid bildirishayapti.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?