Turkmanistondagi parlament saylovlarida kuzatuvchilar ishtirok etadi

17:13 13 Mart 2018 Dunyo
339 0
Foto: Vzglyad.az

Turkmaniston parlamentiga bo‘lib o‘tadigan saylov kuni MDH kuzatuvchilari missiyasi ushbu mamlakatning barcha viloyatlari va Ashxobodda faoliyat olib borishni rejalashtirayapti.

Ayni paytgacha kuzatuvchilar missiyasi ekspertlari Turkmaniston saylov qonunchiligini tahlildan o‘tkazishdi. Uning natijalari keyingi haftaning boshida dastlabki hisobotda e’lon qilinadi.
O‘z navbatida, kuzatuvchilar missiyasi tarkibini shakllantirish ishlari davom ettirilayapti.

Ayni paytgacha MDHga a’zo sakkiz davlat, MDHga a’zo davlatlar parlamentlararo assambleyasi, Belarus va Rossiya parlamentlari majlisi hamda MDH Ijroqo‘mi tomonidan 80 nafardan ziyod kuzatuvchining akkreditatsiyasi uchun hujjatlar topshirilgan. Ularning orasida MDH mamlakatlarida prezidentlik va parlament saylovlarini kuzatish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan milliy parlamentlar deputatlari, saylov komissiyalari rahbarlari va a’zolari bor.

Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda parlament saylovlari 25 mart kuniga belgilangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?