Turkmanistonda banandan ilk hosil yigʻib olinadi

12:03 24 Avgust 2018 Dunyo
270 0
Illyustrativ foto

Turkmanistonlik tadbirkorlar banan ekilgan maydondan ilk hosilni yigʻib olish arafasida. Bu haqda Trend axborot agentligi ushbu mamlakat sanoatchilari va tadbirkorlari uyushmasi maʻlumotlariga asoslanib xabar berdi.

Mazkur ekzotik meva Turkmanistonning Mari viloyatida joylashgan “Frexar” kompaniyasining 1 gektarlik issiqxonasida yetishtirilayotir.

Xabarga koʻra, issiqxonaga ekilgan koʻchatlar Turkiyadan olib kelingan.

Uning nishonasi shu yil dekabr oyi oʻrtalarida yigʻib olinadi. Hosil taxminan 30-40 tonna boʻlishi kutilayapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?