Turkmaniston SSV tibbiy niqob taqib yurishga chaqirmoqda

20:54 15 Iyul 2020 Dunyo
531 0

Turkmanistonda 13-iyuldan boshlab jamoat joylarida niqob taqish majburiydir, deya xabar beradi «Turkmenistan segodnya».

“Shu kunlarda atmosfera havosida chang zarralari miqdori normadan 21 foizga oshishi munosabati bilan har kim ochiq havoda va jamoat joylarida iqlim sharoiti organizmiga zararli taʼsir koʻrsatmasligi uchun himoya niqoblaridan foydalanish tavsiya etiladi. Sogʻligʻingizga gʻamxoʻrlik qiling - niqob taqing!” - deyiladi Turkmaniston Sogʻliqni saqlash va tibbiy sanoat vazirligi xabarida.

Vazirlik fuqarolardan bir-biridan kamida bir metr masofani saqlash va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishni talab qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?