Turkmaniston delegatsiyasi Shimoliy Koreya poytaxtiga tashrif buyurdi

18:46 30 Iyul 2018 Dunyo
325 0
Foto: hronikatm.com

Yaqinda Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Xadjiyev boshchiligidagi delegatsiya Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyan shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Reuters manbasi xabar berdi.

Safar davomida ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvda KXDR tomonidan mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sin Xon Chol ishtirok etdi.

Tomonlar Pxenyanda tashkil etilgan siyosiy maslahatlashuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi xalqlar do‘stligi va barcha sohalarda turkman-koreys hamkorligini mustahkamlashda katta rol o‘ynashiga ishonch bildirdilar. Ikki tomonlama aloqalarning jadal rivojlanishiga turtki beruvchi Turkmaniston va KXDR rahbarlari darajasidagi siyosiy muloqotni ta’minlash muhim ekanligi qayd etildi.

Energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalar o‘zaro manfaatdorlik kasb etuvchi jabhalar sifatida ta’kidlandi.

Muzokaralardan so‘ng tomonlar Turkmaniston va KXDR TIV o‘rtasida 2018-2020 yillarda hamkorlik qilish bo‘yicha dastur hamda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?