Turkiyalik olim ayfonni “fosh qildi”

16:36 04 Fevral 2019 Dunyo
816 0

Illyustrativ foto

Turkiyalik kiberxavfsizlik boʻyicha ekspert Melix Sevim ayfon qurilmasidagi nozik jihatni aniqladi. Shu orqali istalgan foydalanuvchi boshqa kishi smartfonida saqlanayotgan shaxsiy maʼlumotlarini qoʻlga kiritishi mumkin. The Hacker News portalida shunga bagʻishlangan maqola eʼlon qilindi.

Melix Sevimning soʻzlariga koʻra, Apple telefon egasining Apple ID identifikatorida koʻrsatiladigan telefon raqamini uning iCloud dagi akkauntiga ulab qoʻyadi. Oqibatda xohlagan iCloud foydalanuvchisi begona telefon raqamini kiritib, unga bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarning bir qismini olishi mumkin.

“Aytaylik, agar abc@icloud.com akkaunt egasining raqami 12345 telefon raqamiga ulangan boʻlsa, men 12345 raqamini oʻzimning xyz@icloud.com dagi Apple ID bazasiga kiritaman va abc akkaunti egasi haqidagi maʼlumotlarni xyz akkauntida koʻra olaman”, - deydi ekspert.

Boshqa bir IT-mutaxassis ham bunday kamchilik aslida 2018 yil oktyabr oyida aniqlanganini aytib oʻtgan hamda kompaniyaning xavfsizlik jamoasini ogohlantirganini tasdiqlagan.

Kompaniyaning oʻzi esa hozirgacha ham mazkur nuqson bilan bogʻliq hech qanday rasmiy bayonot bermagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?