Turkiyada dunyodagi eng qadimiy mozaika topildi

02:33 30 Yanvar 2020 Lifestyle
306 0

Foto: news.liga.net

Topilma rangli toshlardan yasalgan boʻlib, xettlarning qadimgi shahri joylashgan hudud deya taxmin qilinayotgan yerda olib borilgan qazishmalar paytida aniqlangan. Bu haqda “bigasia.ru” maʼlum qildi.

Mozaika uchta alohida maydonga ajratilgan boʻlib, ularning har birida bir nechta uchburchaklar mavjud. Olimlarning fikriga koʻra, ushbu artefakt miloddan avvalgi 21-asrdan 16-asrgacha boʻlgan muddat oraligʻida yaratilgan boʻlishi mumkin.

Maʼlumot oʻrnida, ilgari eng qadimgi mozaika janubiy Kichik Osiyoda topilgan va miloddan avvalgi 9-asrga tegishli artefakt deb hisoblanilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?