Turkiyada bir kunda 1 708 kishida koronavirus aniqlandi  

08:46 16 May 2020 Dunyo
204 0

Turkiyada bir kunda 1 708 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sogʻliqni saqlash vaziri Fahriddin Koja oʻzining “Twitter”dagi sahifasida xabar berdi.

Turkiyada pandemiya davridan buyon 146 457 nafar bemor koronavirusga chalingan boʻlib, ularning 4 055 nafari vafot ekan. 106 133 nafar bemor esa shifo topgan.

Kecha Turkiyada 48 nafar bemor ushbu kasallikning qurboniga aylangan.

Kojaning qoʻshimcha qilishicha, mamlakatda kuniga koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun 38,565 ta test oʻtkazilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?