Turkiya Prezidenti Oʻzbekiston Prezidentini bayram bilan tabrikladi

20:23 29 Avgust 2018 Siyosat
194 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident, aziz qardoshim!

Oʻzbekistonning Milliy kuni munosabati bilan Siz Janobi Oliylarini va butun oʻzbek xalqini shaxsan oʻz nomimdan va xalqim nomidan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Qardoshimiz va doʻstimiz deb bilganimiz Oʻzbekistonning Siz, aziz qardoshimning oqilona va uzoqni koʻzlovchi rahbarligida erishayotgan yutuqlarini butun dunyo kabi biz ham yuqori baholagan holda kuzatyapmiz. Oʻzbekistonning yanada gullab-yashnashi yoʻlida gʻayrat va fidokorlik bilan qilayotgan saʻy-harakatlaringizni bugungacha boʻlgani kabi kelgusida ham qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz.

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi mustahkam hamkorlik va strategik sheriklik birgalikdagi saʻy-harakatimiz bilan xalqlarimizning manfaati yoʻlida yanada kuchayishiga ishonchim komil. Sizning oqilona rahnamoligingizda doʻst va qardosh Oʻzbekistonning shunday irodaga ega ekanining shohidi boʻlayotganimdan mamnunman.

Fursatdan foydalanib, Oʻzbekiston bilan munosabatlarimiz kelgusida yanada rivojlanishiga ishonchimni tasdiqlagan holda, Siz Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, qardosh oʻzbek xalqiga omonlik va farovonlik tilab qolaman.

Rejep Tayyip Erdogʻan, Turkiya Respublikasi Prezidenti


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?