Turkiya hududidan qadimiy noyob oʻyinchoqlar topildi

18:26 16 Oktyabr 2020 Dunyo
114 0

Turkiyaning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan qadimiy Bechin shahrida olib borilgan qazilma ishlari davomida turkiyalik arxeologlar ushbu hududdagi jonli turmush tarzidan dalolat beruvchi Rim davriga oid oʻyinchoqlarni topishdi.

“Daily Sabah” nashri maʼlumotlariga koʻra, topilmalar Mugla provinsiyasining janubi-gʻarbiy viloyati boʻlmish Milas hududida aniqlangan.

Taʼkidlanishicha, arxeologlar besh ming yillik tarixni oʻz ichiga oladigan Bechin shahridagi qazilma ishlarini uzoq yillardan buyon amalga oshirib kelishmoqda.

Biroq, joriy qazilma mavsumida topilgan eksponatlarning barchasi ancha yoshroq boʻlib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, ular aynan Rim davriga tegishli boʻlib, yoshi 2000-yilni tashkil qiladi. Ammo aniq yoshni aniqlash jarayoni hali davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?